
Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov AQSh prezidentiga uning otasi va murabbiysiga AQSh vizasini berilmaganligi holati yuzasidan savol bermoqchi.
Nurmagomedov o‘tgan yilning oktyabr oyida Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik unvonini himoya qildi.
Ushbu jangda sportchining otasi Abdumanop Nurmagomedov ishtirok eta olmadi. Chunki unga AQSh vizasi berilmadi.
“Ha, menda unga (Tramp) savol bor – otam uchun viza masalasida. Buni telefon orqali hal qilsa ham bo‘lardi”, - dedi Nurmagomedov "Match TV" telekanali efir chog‘ida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar