10:46 / 11.02.2019
4 626

Kanadada mashinalar motori umuman o‘t olmaydigan joy aniqlandi

Kanadada mashinalar motori umuman o‘t olmaydigan joy aniqlandi
Kanadaning Alberta viloyatiga qarashli Karsteyrs shahri chetida savdo markazi bor. Shuning uchun savdo markazi yonidan avtomobillar to‘xtash joyini ajratishgan. Ammo 2019 yil 1 yanvardan boshlab shu avtomobillar to‘xtash joyiga qo‘yilgan avtomobillar o‘t olmaydigan bo‘lib qoldi.

Bitta, ikkita, uchta mashina motori o‘t olmasa mayliydi. Shu yerga nechta mashina kelib to‘xtab, haydovchi savdo markaziga kirib ketsa, chiqqandan keyin motorga o‘t qo‘ysa, o‘t olmaydi. Shu sababli keyingi paytlarda bu anomaliyadan xabari borlar mashinasini savdo markazi yoniga qo‘ymaydigan bo‘lishgan. Markaz egalari esa rostakamiga xavotirga tushib qolishgan. Axir, mijozlar kamayib bormoqda!..

Ular kuni kecha mutaxassislarni, ekstrasenslarni chaqirib, anomaliya sabablarini o‘rganishga kirishishdi. Odamlar esa bu joy haqida turli taxminlarni aytishmoqda. Birov atmosferadagi magnit maydoni mashina motoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytsa, boshqa kimdir shu yerda yovuz arvoh bo‘lishi mumkinligini gapirib o‘tdi. Yana boshqalar esa bu holat o‘zga sayyoraliklarning ishi ekanini barala aytmoqda. Xullas, aslida anomaliya paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini mutaxassislar yaqin vaqtlar ichida albatta aniqlashadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada mashinalar motori umuman o‘t olmaydigan joy aniqlandi