22:52 / 11.02.2019
7 384

Gitler chizgan suratlarni kimoshdi savdoda hech kim olmadi

Gitler chizgan suratlarni kimoshdi savdoda hech kim olmadi
Adolf Gitler tomonidan chizilgan beshta surat 9 fevral kuni Nyurnbergda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdolarida sotilmay qolib ketdi.

Aytishlaricha, xaridorlarni suratlarning qalbaki chiqib qolishi mumkinligi va boshlang‘ich bahosining haddan tashqari yuqori ekanligi (19-45 ming yevro) cho‘chitgan. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan “Weidler” kimoshdi uyi mazkur hodisaga izoh berishni istamayapti. Suratlar biroz vaqtdan so‘ng sotilishini ma’lum qilgan, xolos.

Mazkur kimoshdi uyi 1945 yilda sudlangan juda ko‘p jinoyatchilar buyumlarini sotishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gitler chizgan suratlarni kimoshdi savdoda hech kim olmadi