Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Sochida chang‘i uchishdi. Ular shu yo‘l bilan o‘zaro muzokaralarda tanaffus qilishga qaror qilishgan.
Tog‘ chang‘isi uchish taklifini Putin bildirgan. “Umid qilamanki, sizda biroz hordiq chiqarish va norasmiy vaziyatda muloqot qilish uchun vaqt topiladi”, deb aytgan Putin hamkasbiga.
Lukashenkoning aytishicha, u trassani oldindan sinab ko‘rgan.
Ikki rahbar uzunligi bir kilometrni tashkil qiladigan ikkita qoya bo‘ylab chang‘i uchishgan. Ma’lum qilinishicha, Putin va Lukashenkoning chang‘i uchishi uchun trassalarni qolganlar uchun yopmaslikka qaror qilingan.
Ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralar 3 kun, 15 fevralgacha davom etadi.
Muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 13 fevraldagi uchrashuvda Lukashenko Belarusdda Rossiyaga sifatli mahsulotlar yetkazishga imkoniyat borligini ta’kidlab o‘tgan.
Putin va Lukashenko ushbu uchrashuv borasida yanvarda kelishib olishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi