
Italiya tomonidan Liviyadagi ishg‘ol qilingan yerlar hokimi - Petro Badoloning dafn marosimida qatnashish uchun shahar olimlari-yu a’yonlari majburlandi. Ularning orasida Shayx Muxtor Huriya ham bor edi.
Italiyaliklar unga Qur’ondan oyatlar o‘qib, Petro Badoloning ruhiga bag‘ishlashni talab qilishdi. Liviyaliklar esa, agar shayx buni rad etsa, boshlariga tushadigan kulfatdan qo‘rqib jim bo‘lib qolishdi.
Lekin shayx bu fikrni tabassum bilan qarshiladi, va “Tutinglar uni va kishanlanglar uni! So‘ngra jahannamga solinglar uni! So‘ngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni! Chunki, u ulug‘ Allohga iymon keltirmagan edi” ("Al Haaqqo" surasi, 30-33-oyatlar)ni o‘qidilar.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar