
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov hukumat raisi Muslim Xuchiyevni respublika rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinladi. Bu haqda Checheniston rahbari va hukumati saytida aytilgan.
Hujjatda aytilishicha, Xuchiyev zimmasiga yangi majburiyatlar Qodirovning “vaqtinchalik ishga layoqatsizligi” sababli 11 fevraldan yuklangan.
17 fevralda hukumat saytida Qodirov Abu-Dabida valiahd shahzoda Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga ko‘ra tashrif bilan qolayotgani haqida xabar paydo bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar