15:18 / 23.02.2019
4 034

3 milliondan ortiq aholi Venesuelani tark etdi

3 milliondan ortiq aholi Venesuelani tark etdi
BMT Oliy komissarining qochoqlar ishi bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, Venesuela qochoqlari dunyo bo‘yicha 3,4 million kishiga yetdi. Bu haqda «Daryo» xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Lotin Amerikasi va Karib havzalarida hozirda 2,7 million venesuelalik istiqomat qilmoqda.
«Birgina 2018 yilning o‘zida Venesueladan yaxshi hayot va himoya izlab besh ming kishi chiqib ketgan», — deyiladi xabarda.

Migrantlar va qochoqlarning ko‘pchiligi Kolumbiyaga ketgan (1,1 million kishi). Undan keyingi o‘rinlarda esa quyidagi davlatlar turadi: Peru — 506 ming kishi, Chili — 288 ming kishi, Ekvador — 221 ming kishi, Argentina — 130 ming kishi va Braziliya — 96 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabr holatiga ko‘ra, Venesueladan ketgan iqtisodiy qochoqlar soni uch million kishiga yetgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 3 milliondan ortiq aholi Venesuelani tark etdi