
Hindistonning Gʻarbiy Bangoliya shtatida asal yigʻuvchi Suk Muhammad Dalal (Suk Mahammad Dalal) ogʻzini tirik asalarilar bilan toʻldirib oldi, deya xabar berdi Darakchi nashri.
32 yoshli Dalal hech bir himoya kiyimisiz boshini ari uyasi devori teshigiga tiqadi. Keyin qoʻli bilan bir toʻda arilarni olib ogʻziga tiqadi, soʻng yana bir guruh arilar uning ogʻzidan joy oladi. Oxirida u asalarilarni tuflab tashlaydi.
Dalalning aytishicha, 16 yil davomida unda asalari zahriga qarshi immunitet shakllangan ekan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing