
Hindistonning Kashkida qishlogʻida bir koʻzli it yetim qolgan maymunni qaramogʻiga oldi, deb xabar bermoqda Darakchi nashri.
Rubi laqabli it taxminan bir yarim oy avval maymun bolasini itlar galasidan qutqarib qoladi. Shu paytgacha kuchukchalari boʻlmagan Rubi maymunchaga oʻz farzandiday muomala qila boshlaydi. It maymunchani doim yelkasida koʻtarib yuradi, oʻz koʻkragi bilan emizadi va otaligʻidagi jonivorga teginmoqchi boʻlganlarga jahl qilib beradi.
Ikki jonivor oʻrtasidagi noodatiy munosabatni koʻrgan mahalliy qishloq aholisi tinmay qatnamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar