
AQSH bosh prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari boʻyicha surishtiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etdi.

Robert Myuller
Foto: AP Photo/J. Scott Applewhite
Foto: AP Photo/J. Scott Applewhite
“Surishtiruv Tramp kampaniyasi ishtirokchilari yoki u bilan aloqador shaxslarning 2016 yilgi AQSH prezidenti saylovlariga tasʼir koʻrsatish uchun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi”, — dedi Barr kongressmenlarga.
Hujjatda aytilishicha, AQSH maxsus prokurori Rossiyaning saylovlarga aralashuvi holatlarini aniqlagan. Gap Internet-tadqiqotlar agentligi (“trollar fabrikasi”) haqida bormoqda. Myullerning hisoblashicha, agentlik saylovlar natijasiga taʼsir koʻrsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon maʼlumotlar tarqatgan. Ammo agentlik va Trampning saylovoldi kampaniyasi oʻrtasida aloqa borligi aniqlanmagan.
Shu bilan birga Myuller Xillari Klintonning elektron pochtasi Rossiya bilan aloqador xakerlar tomonidan buzilgan degan xulosaga kelgan. Biroq maxsus prokuror ular va Tramp jamoasi oʻrtasida bogʻliqlik topmagan.
AQSHda Trampning 2016 yilgi prezident saylovlarida Rossiya bilan hamkorlik qilgani haqida ayblovlar yangragan, Rossiya prezident saylovlariga taʼsir koʻrsatishda ayblangan. Ammo Tramp ham, Kreml ham bu ayblovlarni rad etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar