
Ukrainada dushman radioelektron uskunalarini ishdan chiqaruvchi elektromagnit qurol ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Spestexnoeksport” kompaniyasi bergan xabarga tayanib Kun.uz xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, yangi qurol dushmanning strategik muhim obyektlari, xususan, qoʻmondonlik va maʼmuriy markazlar, aloqa tarmoqlari, elektrostansiyalar, havo hujumidan mudofaa obyektlariga qarshi qoʻllanilishi mumkin.
“Bunday turdagi qurollar faqatgina elektromagnit nurlanish quvvatidan foydalanadi, shu bois u odamlarga salbiy taʼsir qilmaydi, ammo elektron tizim bilan jihozlangan har qanday texnika yoki infrastruktura obyektini ishdan chiqarishi mumkin”, - deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing