Foto: “Vesti.ru”
Britaniyalik Jeymi Ebbot Italiyadagi villasini sotish boʻyicha urinishlari ish bermagach, uni lotereyada oʻynashga qaror qildi, deb yozadi “Daryo” nashri.
Uch qavatli uy Italiyaning Abrusso hududidagi Karapelle-Kalvizioda, Gran-Sasso milliy bogʻi yonida joylashgan. Dangʻillama uy eskicha uslubda bezatilgan. Unda uchta yotoqxona, ikkita vannaxona va hovlisida terrasa bor.
Uyning bozor narxi 250 ming yevro, ammo uni 59 yevrolik lotereya xarid qilib yutib olish ham mumkin. Yutib olgan shaxsga uydan tashqari Yevropaning istalgan burchagidan kelish uchun samolyot xarajatlari ham toʻlanadi. Barcha notarial xarajatlarni Jeymi Ebbot oʻz boʻyniga olgan.
Ikkinchi gʻolib 11 770 yevro oladi, yana besh kishiga bir savat oziq-ovqat va Abrusso vinosi beriladi.
Britaniyalik umumiy hisobda olti mingta bilet chiqargan. Ularning barchasi sotilib ketgan. Gʻolib oktabr oyi oxirida aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi