Foto: «RIA Novosti»
Donald Trampning saylov kampaniyasi jamg‘armasi pullari 2019 yilning apreliga kelib 40,8 million dollarga yetdi. Bu haqda «Bloomberg» agentligiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Prezident tarafdorlari ma’lumotiga ko‘ra, yana 45,8 million dollarlik yordam pulini Respublikachilar partiyasining milliy qo‘mitasi ajratishga shay. Demak, amaldagi prezident, Demokratlar partiyasi ilgari surayotgan barcha bo‘lajak nomzodlarni qo‘shib hisoblaganda ham, eng ko‘p mablag‘ni to‘plashga ulgurdi.
Masalan, demokratlar orasida Berni Sanders eng ko‘p pul (18,2 mln. dollar) yig‘di. Undan ortda qolayotgan Kamala Xarrisning esa «bor-yo‘g‘i» 12 million puli bor.
Trampning bo‘lg‘usi saylov kampaniyasiga AQShning turli nuqtalaridan pul kelib tushyapti. Xayriya puli o‘rtacha 34 dollardan tushmoqda. Biroq Tramp uchun pulini ayamayotgan kaliforniyalik tadbirkorlar ham ko‘p.
Umuman olganda, saylovgacha Tramp 1 milliard atrofida pul yig‘ishga umid qilmoqda — bu bir paytlar Barak Obama yoki Kichik Jorj Bush saylov kampaniyasi uchun to‘plagan mablag‘dan anchagina salmoqli. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi