
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bosh shtabga mamlakatga xavf solishi mumkin boʻlgan tahdidlarni aniqlashni buyurdi. Shuningdek, Toqayev bosh shtab boshligʻi Murat Bektanov bilan uchrashuvda mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishni buyurgan.
Oʻz navbatida bosh shtab boshligʻi Toqayevga shu kunlarda mamlakatda oʻtayotgan “Oybolta-2019” qoʻmondonlik-shtab strategik mashgʻulotlari haqida soʻzlab bergan.
Mashgʻulotlar 17 aprelda boshlangan va 2 haftadan koʻproq davom etadi. Unda 8 mingga yaqin harbiy, 2 mingta harbiy texnika jalb qilingan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar