15:06 / 21.04.2019
3 603

Ramzan Qodirov Poroshenkoga «shaxsiyatga tekkani uchun» po‘pisa qildi

Ramzan Qodirov Poroshenkoga «shaxsiyatga tekkani uchun» po‘pisa qildi
Foto: depositphotos.com
Ramzan Qodirov Poroshenko «Olimpiyskiy»dagi debatlarda uning nomini tilga olganidan norozi bo‘ldi, deya xabar beradi «Daryo.uz».

Qodirov Poroshenkoning Zelenskiy bilan o‘tkazgan debatlari chog‘ida uning nomini tilga olganidan g‘azabdaligini izhor qildi.

«Agar Zelenskiy o‘zining nohaqligini tan olgan bo‘lsa savol yopiq. Siz rossiyaliklarga Rossiyani sevishingiz haqida qasamyodlar qilganingizdan keyin ham yolg‘on-yashiq so‘zlar tarqatyapsizku», — deydi Qodirov.

Checheniston Respublikasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko 2014 yilda prezidentlikka kirishishdan oldin Qodirov bilan shaxsiy uchrashuv chog‘ida Rossiyaga muhabbati va sadoqati haqida qasam ichgan».

Bundan tashqari Qodirov Poroshenkoga shaxsiy haqoratlar uchun javob berishi bilan tahdid qildi.

«Men yana bir bor aytaman, kim bo‘lishidan qat’i nazar shaxsiyatga tegib haqoratlagani uchun tegishli ravishda javob beradi. Men Vladimir Putin va Ramzan Qodirovning nomini tilga olishdan oldin yuz marta o‘ylab ko‘rishni maslahat beraman. Siz bu ismlarni tilga olishga noloyiqsiz», — deya so‘zlariga xotima yasadi Qodirov.

Shu bilan birga Qodirov javob berish deganda aynan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Poroshenkoga «shaxsiyatga tekkani uchun» po‘pisa qildi