Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tan oldi.
Poroshenkoning aytishicha, ekzit-pol natijalari kundek ravshandir. U saylovlar bo‘yicha raqibi Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabriklashini aytgan.
Ukraina prezidenti o‘z jamoasini “hech qachon taslim bo‘lmaslikka” chaqirgan. “Do‘stlar, siz eng yaxshisisiz”, deb aytgan Poroshenko o‘z tarafdorlari va jamoasiga murojaatida.
“Jamoamning aziz a’zolari, aziz yurtdoshlar, OAV xodimlari, hech qachon taslim bo‘lmang. Hech qachon, hech qachon, hech qachon. Katta narsada ham, kichigida ham taslim bo‘lmang”, deb aytgan Poroshenko va bu so‘zlar Uinston Cherchillga tegishli ekanini aytib o‘tgan.
Avvalroq dastlabki rasmiy ekzit-pol ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy 70 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, saylovlarda g‘olib bo‘lgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida