
Ukraina prezidentligi uchun nomzod Vladimir Zelenskiy saylovning ilk natijalari e’lon qilinganidan keyingi murojaatida postsovet davlatlariga yuzlandi va bu hududlarda yashovchilarni «barchasi mumkinligi»ga ishonishga chaqirdi.
«Sobiq SSSRning barcha davlatlari. Bizga qarang — hamma narsa bo‘lishi mumkin», degan u.
Zelenskiy shuningdek, kimga ovoz berishidan qat’i nazar saylovda ishtirok etib, erkin tanlovini amalga oshirgan barcha ukrainaliklarga minnatdorchilik bildirdi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashga va’da berdi.
Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turida 73 foizdan ortiq ovoz olib, raqibi - amaldagi prezident Petro Poroshenkodan ustun keldi. Poroshenko saylovdagi mag‘lubiyatini tan oldi, u prezidentlikdan ketsa-da, siyosatdan ketmasligini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar