
Foto:«Today.kz»
Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etgani uchun jarimaga tortildi.
Asia Plusning yozishicha, mehmonlar uchun ikki marta— kunduzi va kechqurun bayram dasturxoni hozirlangan.
Tavallud kunda mehmon sifatida boshqa amaldorlar, jumladan soliq xizmati, xarbiy komissariatdan ham vakillar qatnashgan.
Panjikent shahri meri prokuror ko‘rsatmasiga ko‘ra Ahmadullo Ibrohimovni ishdan bo‘shatgan.
Tojikistonda 2007 yil 8 iyunda «An’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida» qonun kuchga kirgandi. 2018 yilda 648 nafar kishi shu qonunni buzgani uchun jarima to‘lagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar