Rossiya prezidenti Vladimir Putin asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovni «Rossiya geografiya jamiyati» (RGJ)ning Konstantinovskiy medali bilan taqdirladi. Marosim tashkilotning vasiylik kengashida bo‘lib o‘tdi.
Medal 1846 yilda RGJning birinchi raisi knyaz Konstantin tomonidan ta’sis etilgan. Medalda oluvchining ismi yoziladi, u geografiya fani bo‘yicha katta xizmatlari va jamiyat faoliyatiga qo‘shgan alohida hissasi uchun RGJ a’zolariga beriladi. Usmonov RGJ faoliyatiga qo‘shgan alohida hissasi uchun medal bilan taqdirlandi (2017 yilda topshirilmagan mukofot).
Bundan tashqari, RGJ vitse-prezidenti Aleksandr Chibilev Rossiya tabiiy merosi ob’ektlarini o‘rganish va amaliy himoya qilishga qo‘shgan hissasi hamda 70 yillik yubileyi munosabati bilan I.Borodin nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi. RGJning Nijniy Novgorod va Tomsk mintaqaviy bo‘linmalari kichik kumush medallar oldi.
Hozirgi kunda «Rossiya geografiya jamiyati» butun Rossiya bo‘ylab 85ta mintaqaviy bo‘linmaga ega. 2009 yilda Sergey Shoygu RGJ prezidenti etib saylandi. 2010 yilda Putin rahbarligida jamiyatning vasiylik kengashi tashkil etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi