14:43 / 26.04.2019
2 624

Margarita Simonyan Rossiyaning musulmon davlatga aylanishi haqida: «Ruslarni uyga qaytaring»

Margarita Simonyan Rossiyaning musulmon davlatga aylanishi haqida: «Ruslarni uyga qaytaring»
RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Donbassda istiqomat qiluvchilarga Rossiya pasportini berish boshlanganiga o‘z munosabatini bildirib, mamlakatdagi demografik holat va siyosat haqida gapirdi.

Quyida uning telegram-kanalida e’lon qilingan post qisqacha tarjima qilingan holda keltiriladi:
«Besh yildan beri Donbass uchun fuqarolik haqida fig‘onlarimni eshitgan barchaga rahmat. Aql g‘olib bo‘ldi, rahm-shafqat g‘alaba qozondi, biz zafar quchdik.

Keling, endi barcha ruslar uchun fuqarolikni qo‘lga kiritmagunimizga qadar to‘xtamaymiz. Sog‘lom insonning qarshi dalillari quyidagicha:

1. «Zamonaviy dunyoda etnik asosda fuqarolikni berish mumkin emas».
Mumkin. Isroil bermoqda, Germaniya beryapti, Gretsiya - deyarli barcha.

Sog‘lom insonni Rossiya bir madaniyat, tarix, til, umumiy o‘tmishga ega odamlarni ortga qaytarib olayotgani g‘ijintirmaydi. Men buni arman millatiga mansub shaxs sifatida gapiryapman. G‘ashini keltirmaydi.

2. «Yangi odamlar - byudjetga yuk».
Byudjetga yuk - yangi odamlarning yo‘qligi. Ushbu byudjetni shakllantiradigan soliqlarni to‘laydigan va ishlashga qodir bo‘lganlar.
Demografik inqiroz - Rossiyaning asosiy iqtisodiy muammolaridan biri. Yechim yuzada turibdi. O‘ttiz yildan beri turibdi.

3. «Ruslar qiyofasi ostida turli odamlar keladi... o‘shalar».
Kamroq o‘g‘irlash kerak - ular kelmaydi. Har qanday tizimni tartibga solish mumkin - xohish-iroda yetarli.
Agar hech narsa o‘zgartirilmasa, unda 2040 yilga kelib Rossiya demografiya jihatidan butunlay boshqacha mamlakat bo‘ladi.

Avvalambor, Rossiya musulmon mamlakatga aylanadi. Bu ko‘plab hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan tibbiy fakt. Islom dini, umuman, boshqa dinlarga qarshi hech qanday fikrda emasman. Biroq, tasavvur qiling - farzandlaringiz sizning yoshingizda bo‘lganida, Habib Nurmagomedov Rossiya prezidentiga aylanadi. Men unga ham qarshi fikrda emasman, lekin Vatanimni o‘zim ko‘rayotgandek - madaniy, aqliy, ijtimoiy va diniy shaklda farzandlarim uchun saqlab qolmoqchiman. Bu - ko‘plab konfessiyalar va etnoslar yashaydigan dunyoviy davlat, sababi aksariyati rus, pravoslav etnosi bu nozik vaziyatni saqlab qolishga imkon beradi.

Iltimos, ruslarni uyga qaytaring», - deya yakun yasagan o‘z postiga Margarita Simonyan.

Ma’lumot uchun: Rossiyada istiqomat qiluvchi musulmonlar soni umumiy aholining taxminan 10-15 foizini tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Margarita Simonyan Rossiyaning musulmon davlatga aylanishi haqida: «Ruslarni uyga qaytaring»