19:50 / 26.04.2019
4 004

Dunyodagi eng baxtli va baxtsiz mamlakatlar ro‘yxati tuzildi

Dunyodagi eng baxtli va baxtsiz mamlakatlar ro‘yxati tuzildi
Foto: Wide world
2018 yilda dunyodagi eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatida Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilik qildi. Dunyodagi eng baxtsiz mamlakat esa Afrikadagi Chad davlati bo‘ldi. Bu Amerikaning Gallup tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot dunyoning 143 mamlakatlarida o‘tkazildi. Savollar sotsiologlar bilan muloqot qilishdan oldingi kunlarda respondentlar tomonidan his etilgan ijobiy va salbiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq edi.

Ulardan o‘sha kuni baxt yoki boshqa ijobiy his-tuyg‘ularni his qilganmi yoki yo‘qmi, kulish yoki tabassum qilish imkoniga ega bo‘lganlari haqida so‘rashdi.

Dunyoning eng baxtli ikki mamlakati Paragvay va Panama bo‘ldi — ular so‘rovnomaning 85 ta punktida «ijobiy tajriba» indeksini oldi.
Ulardan keying o‘rinlarni Gvatemala va Meksika (84 ball), el-Salvador (83) egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baxtli va baxtsiz mamlakatlar ro‘yxati tuzildi