18:55 / 01.05.2019
4 747

2018 yilning eng chiroyli qog‘oz pullari ma’lum qilindi (foto)

2018 yilning eng chiroyli qog‘oz pullari ma’lum qilindi (foto)
Xalqaro banknota jamiyati dunyoning 2018 yildagi eng chiroyli qog‘oz pullari nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Kanadada irqchilikka qarshi kurashgan qora tanli tadbirkor Viola Desmond tasviri tushirilgan 10 dollarlik kupyura “2018 yil banknotasi” deb topildi.

Ikkinchi o‘ringa Shveysariyaning 200 franklik kupyurasi loyiq ko‘rildi.

Uchinchi o‘rin Norvegiyaning 500 kronli qog‘oz puliga nasib etdi.

To‘rtinchi o‘ringa jahon chempionatiga bag‘ishlab chiqarilgan Rossiyaning yuz rubllik puli joylashgan bo‘lsa, beshinchi o‘rindan Sulaymon orollarining 40 dollarlik kupyurasi joy oldi.


2017 yilda Shveysariyaning 10 franklik kupyurasi yil banknotasi deb topilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2018 yilning eng chiroyli qog‘oz pullari ma’lum qilindi (foto)