
Bishkek shahar sudi MXDQ sobiq rahbari Murat Sutalinovni og‘ir kasalligi bois ozodlikka chiqardi. Bu boradagi qaror 7 may kuni sud majlisida qabul qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining komissiyasi Sutalinovga qo‘yilgan tashxisni tasdiqladi: 4 bosqichdagi buyrak saratoni.
Qurmanbek Bakiyev prezidentligi davrida avval Ichki ishlar vaziri bo‘lgan, keyin MXDQga rahbarlik qilgan Murat Sutalinov 2010 yil 7 apreldagi tinch namoyishchilarni otishda aloqadorlikda aybdor deb topilib, 20 yil muddatga qamoqqa hukm qilingan edi.
Aprel hodisalaridan keyin u mamlakatdan chiqib ketdi, ammo 2011 yilning dekabrida o‘z hohishi bilan sud jarayonlarida paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng u uy qamog‘ida bo‘ldi, ammo xukm e’lon qilinganidan so‘ng qamoqqa olindi.
Sutalinovning advokatlari uning saraton bilan og‘riyotganini aytib muddatdan avval ozod qilinishini so‘rashgan edi. Ammo Leninsk tuman sudi 15 fevral kuni uni hibsda qoldirish borasida qaror qabul qildi. Shundan so‘ng advokatlar Bishkek shahar sudiga apellyatsiya arizasini berishdi.
15 aprel kuni MXDQ sobiq rahbari Murat Sutalinovning qarindoshlari uni ozod qilish talabi bilan Bishkek shahar sudi binosi oldida namoyish o‘tkazdi.
Murat SutalinovMXDQ Sobiq RahbariBishkek Shahar SudiBuyrak SaratoniTinch NamoyishchilarAdvokatlar Arizasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar