00:15 / 25.05.2019
3 344

Avstraliyada O‘zbekistonni bilishadimi?

Avstraliyada O‘zbekistonni bilishadimi?
Sayohatchi bloger Davronbek Alijonov Avstraliyada o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovnoma natijasini Youtube'dagi kanalida e’lon qildi.

Shu paytgacha 60 dan ortiq mamlakatga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik sayohatchi Avstraliyaning Melburn shahri ko‘chalarida duch kelgan odamlardan O‘zbekiston haqida ma’lumotga ega ekanligini so‘ragan.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, faqat bir kishi mamlakat poytaxti — Toshkent shahrini bilishi, ayrim respondentlar mamlakatning Afg‘onistonga qo‘shni davlat ekanini ma’lum qildi.

«U haqda ko‘p narsa bilmaymiz, lekin qayerdaligini bilamiz. U Afg‘oniston yaqinida, Rossiyaning quyi qismida joylashgan. Xo‘sh, oxirgi 10-15 yil ichida mediada O‘zbekiston haqida ko‘p yozilmagan. «Borat» kinosi O‘zbekiston haqida edimi? Haa, u Qozog‘iston to‘g‘risida edi. Lekin ular qo‘shni mamlakatlar, shundaymi», — deydi respondentlardan biri savollarga javob berib.

Asli hindistonlik Melburnda istiqomat qilayotgan shaxs esa O‘zbekiston haqida umuman ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

«O‘zbekiston dunyo mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Shunchaki, bu nomdagi davlatning borligini bilaman», — deya javob bergan somalilik Avstraliyada yashayotgan respondent.

Melburnlik so‘rovnoma ishtirokchisi ham O‘zbekiston atalmish mamlakat borligidan tashqari, u haqda ma’lumotga ega emasligini aytgan.

Afsuski, ijtimoiy so‘rovnomada «O‘zbekistonni bilasizmi?» deya berilgan savolga respondentlardan biri mamlakat urush, muammolar va terrorizm ichida qolganini aytib, yanglish xborotga ega ekanligini bildirdi.

Aksiya ishtirokchilari mamlakatni Avstriya, Shri-Lanka, Ispaniya kabi davlatlarga qo‘shni ekanligini taxmin qilishdi. O‘zbekiston haqida eshitgan avstraliyalik juftlik viza rejimi soddalashtirilsa, mamlakatga sayohat qilmoqchi ekanini bildirdi. (Aslida viza rejimi allaqachon soddalashtirilgan)

Bloger Davronbek Alijonov dunyoning har bir nuqtasida, xorijda yo mamlakat ichida O‘zbekiston imijini ijobiy jihatdan oshirish, mamlakat haqida boshqalarni xabardor qilish maqsadida loyihani boshqa shaharlarda ham davom ettirishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada O‘zbekistonni bilishadimi?