Moskvalik psixiolog Lyutsiya Suleymanovaning fikriga ko‘ra, jamoat transportida yoshi kattalarga joy berish haqida, doimo eshittiriladigan e’lonlar, hammaning joniga tekkan va u pensionerlarni yoshiga qarab diskriminatsiya qilishga olib keladi.
“Bunday e’lonlar yoshlarda faqat ranjish tuyg‘usi uyg‘otadi. Ular hech qanday hurmat his qilmasdan joylarini bo‘shatib berishadi. Yoshi kattalar esa ularni hurmat qilmayotganlarini ko‘rib janjal qilishadi”, - deydi psixiolog, “Moskva 24” telekanali efirida.
Ushbu dastur efirga uzatilganidan so‘ng, ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Turli jamoat arboblari, boshqa ruhshunoslar bir ovozdan – qariyalarga joy berish kerak, degan fikr bilan chiqishdi.
Turli yoshdagi jamoatchilik va yoshi kattalar orasida o‘tkazilgan so‘rovlarga ham buning aksini ko‘rsatdi. Qariyalar ularga joy berishganda o‘zlarini kamsitilgan deb hisoblamasliklarini, aksincha ularga hurmat bildirilayotganini ma’lum qilishdi.
O‘rta yosh fuqarolar yoshlarning quloqlariga “naushnik” tiqib olib o‘zlarini hech narsa ko‘rmagandek tutishlari, ularning tarbiyasi buzilib borayotganidan darak berishini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev yoshi katta va nogironligi bo‘lgan mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan voz kechgan tashkilotlarga qarshi ma’muriy choralar qo‘llash kerakligi haqid qonun qabul qilishni taklif qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi