Moskvaning Presnenskiy sudi IIv ofitseri Dmitriy Zaxarchenkoga pora olish va tergovga qarshilik ko‘rsatish ishi bo‘yicha 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 117 mln rubl jarima to‘lash jazosini tayinladi.
Sud Zaxarchenkoni restorator Medi Dussdan 800 ming dollar pora olish ishi bo‘yicha oqladi. Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, barcha ikkilanishlar ayblanuvchi foydasiga hal qilinadi.
Ammo sud Duss Zaxarchenkoning talabi bilan unga o‘z restoranlariga kirishi uchun chegirma kartasini rasmiylashtirgani, natijada polkovnik qariyb 3 mln rubl mablag‘ini tejab qolgani o‘z isbotini topganini bildirdi.
Zaxarchenko shuningdek, polkovnik unvonidan va olgan davlat mukofotlaridan ham mahrum etildi, unga ikki yil davomida davlat organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi.
Zaxarchenkoning 2016 yil sentyabrda qo‘lga olinishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Tintuv vaqtida uning va yaqinlarining uyidan 140 mln dollar, 2,2 mln yevro va 374 mln rubl naqd pullar topilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi