Serxio Ramos ispaniyalik telejurnalist Pilar Rubioga uylandi. Ularning to‘yi 15 iyun kuni Sevilyada bo‘lib o‘tdi.
Nikoh marosimi bir qator taniqli shaxslar, jumladan, Serxio Buskets, Roberto Karlos, Jordi Alba, Florentino Peres, Luka Modrich, Devid Bekhem, Alvaro Morata, Santi Kasorla va boshqalar ishtirokida o‘tdi.
Marca`ning yozishicha, kelin-kuyov to‘yga 500ga yaqin mehmon kelishini kutgan. Biroq taklifnoma olganlardan Zinedin Zidan, Garet Beyl, Jerar Pike, Karim Benzema, Iker Kasilyas, Mariano Dias, Tibo Kurtua, Vinisius va Isko kabilar turli sabablarga ko‘ra to‘yga kelmaslikni ma’qul ko‘rishgan.
AS ma’lumotiga ko‘ra, taklif etilganlar ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu yo‘q edi. Nashrga ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik yulduz «Yuventus»ga o‘tib ketganidan so‘ng uning Ramos bilan do‘stona aloqalari deyarli uzilib qolgan.
Ma’lumot uchun, Serxio Pilar bilan 2012 yildan buyon yashab keladi. Ularning Serxio, Marko va Alexandro ismli uch nafar o‘g‘li bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi