1994 yilda braziliyalik fotojurnalist Sebastyan Salgado Ruandadagi qatliom dahshatlari suratga olib, uyiga qaytdi. U Braziliyadagi o‘zi tug‘ilgan Minas-Jerays hududidagi cheksiz o‘rmonlarda xotirjamlikda yashab o‘ziga kelmoqchi bo‘ldi.
Ammo u bu yerda ko‘rganidan dahshatga tushdi: bir necha yil ichida yam-yashil va jonivorlarga boy bo‘lgan o‘rmon qurigan daryolar qolgan tashlandiq yerga aylangan, bu yerdagi yovvoyi tabiatdan asar ham qolmagandi.
Bir paytlar o‘rmon bo‘lgan yerning atigi 0,5 % hududidagina daraxtlar qolgandi.
Foto: Instituto Terra
Shunda uning turmush o‘rtog‘i Leliya bir taklif bilan chiqdi. U o‘rmonni avvalgi holiga qaytarish uchun harakat qilishlari kerakligini aytdi. Sebastyan uni qo‘llab-quvvatladi va oila ilgarigi o‘rmon hududiga daraxt ekib chiqishga qaror qildi.
Salgadolar dastlabki urug‘larni 1998 yilda keishdi, ammo bunday ulkan hajmdagi ish uchun ikki kishi kamlik qilardi. Maydoni 1 754 akr bo‘lgan o‘rmonni tiklash uchun ular 24 kishini yollashdi.
Foto: Instituto Terra
Foto: © sandrateodoro9 / instagram / © mariiariscado / instagram
Shu bilan birga Sebastyan bu loyihani moliyalashtiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlarni ham izladi. O‘z missiyasiga boshqalarning e’tiborini tortish uchun oila Instituto Terra ekologik tashkilotini tuzdi.
Foto: Instituto Terra
1998 yildan buyon ular 293 turdagi 4 mln tupdan ortiq daraxt o‘tqazishdi va 1 502 akr tropik o‘rmon tiklandi. Tashlandiq yerga aylanib qolgan hudud ilgarigi holiga qaytdi.
O‘rmon tufayli butun ekotizim qayta tiklandi. Bu yerga jonivorlar qaytdi. Tropik mikroiqlim tiklanganligi bois bu yerda yog‘inlar miqdori ko‘paydi va qurigan irmoqlar ham to‘lib oqa boshladi.
Foto: Sebastião Salgado / facebook
Foto: © jaque_borchat / instagram / © wandersoncosta_22 / instagram
Foto: © jaque_borchat / instagram / © wandersoncosta_22 / instagram
Foto: Instituto Terra “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi