Tashqi dunyodan uzilgan qabila vakillari kutilmaganda odamlar oldiga chiqdi

1 daqiqa o'qish4
Tashqi dunyodan uzilgan qabila vakillari kutilmaganda odamlar oldiga chiqdi

Braziliyaning Amazonka o‘rmonlarida tashqi dunyodan uzoqda, yakkalangan holda hayot kechiruvchi ava xalqining qariyb 20 nafar vakili kutilmaganda mahalliy aholi oldiga chiqdi. Ular Braziliya shimoli-sharqidagi Maranyan shtatida joylashgan Arariboya qo‘riqxonasi hududidagi qishloqqa kelib, aholidan oziq-ovqat so‘ragan. Shundan keyin esa yana o‘rmon ichkarisiga qaytib ketgan. Bu haqda Survival International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti xabar berdi.

Ava xalqi Amazonka o‘rmonlarida an’anaviy hayot tarzini saqlab kelayotgan, asosan ovchilik va terimchilik orqali kun kechiradigan so‘nggi ko‘chmanchi xalqlardan biri hisoblanadi. Ular tashqi dunyo bilan aloqadan qochib, tabiiy muhitda mustaqil hayot kechirishni afzal ko‘radi.

Huquq himoyachilarining fikricha, qabila vakillarining bu safar qishloq aholisi oldiga chiqishiga oziq-ovqat tanqisligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Global iqlim o‘zgarishi, o‘rmonlarning noqonuniy kesilishi va ovchilik ular yashaydigan hududlarga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Natijada qabila a’zolari o‘zlarining an’anaviy oziq-ovqat manbalaridan mahrum bo‘lib bormoqda.

Mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni foto va videoga muhrlagan. Ularning aytishicha, o‘rmondan chiqqan erkaklar, ayollar va bolalar ancha holdan toygan hamda ozg‘in ko‘ringan. Bu esa qabila duch kelayotgan oziq-ovqat muammosi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyo bo‘ylab zamonaviy sivilizatsiyadan uzoqda yashaydigan va tashqi dunyo bilan aloqa o‘rnatishdan qochadigan 196 ga yaqin qabila va guruh mavjudligi ma’lum. Ularning 90 foizdan ortig‘i Janubiy Amerikaning Amazonka tropik o‘rmonlarida istiqomat qiladi.

Mutaxassislar bunday xalqlarning an’anaviy hayot tarzini saqlab qolish uchun ular yashaydigan hududlarni himoya qilish, noqonuniy o‘rmon kesilishi va ovchilikka qarshi kurashish muhimligini ta’kidlab keladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?