12:52 / 21.06.2019
6 299

Quvaytda jazirama issiqdan mashinalar erib tushmoqda

Quvaytda jazirama issiqdan mashinalar erib tushmoqda
AQShning Arizona shtatida erib tushgan mashinalar (2018 yilgi surat).
Foto: Culturacolectiva

Quvaytda 20 iyun kuni yangi jahon rekordi yangilanib, dunyoda qachonlardir qayd etilgan eng yuqori harorat — Selsiy bo‘yicha 63 daraja issiqlik kuzatildi. Bu haqda «Nur.kz»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, 8 iyun kuni termometrlar salqin joyda 52,2 daraja issiqni, quyoshli joyda esa 63 daraja issiqni ko‘rsatgan. Bunday harorat tufayli kamida 5 kishi halok bo‘lgan va hukumat aholini tashqariga chiqmaslikka va ko‘proq suv ichishga chaqirmoqda.

Avvalgi temperatura rekordi Kaliforniyadagi "O‘lim vodiysi"da 1913 yilning 10 iyulida kuzatilgan bo‘lib, havo harorati 56,7 daraja issiq bo‘lgan.

21 iyun kuni 68 daraja issiq bo‘lish prognozi aholini xavotirga solmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quvaytda jazirama issiqdan mashinalar erib tushmoqda