
Xitoy va AQSh G20 sammitida savdo urushiga barham berilganini e’lon qilishga kelishib oldi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar bermoqda.
"AQSh va Xitoy bahsni yechish maqsadida savdo urushida sulh tuzishga kelishib oldi", - deya manbalardan iqtibos keltiradi nashr.
AQSh va Xitoy o‘tgan yili bir-birlariga nisbatan yiliga yuzlab milliard dollarlik import mahsulotlarga bojlar joriy etgandi.
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin CNBC telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo kelishuvi 90%ga tayyor bo‘lganini va uni imzolash imkoniyati saqlanib qolganini xabar qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar