
Kiyevni birinchi marta Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi haqida ogohlantirishmadi, bu «xavfli qo‘ng‘iroq» hisoblanadi, deb yozdi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining Facebook sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi besh yil davomida bunday bo‘lishi «hech kimning xayoliga ham kelmasdi», chunki Yevropa va AQSh doimo Kiyev bilan o‘z nuqtai nazarini kelishib olardi.
«Qo‘ng‘iroq bo‘lmagani esa nafaqat yangi hukumat, balki barchamiz uchun xavfli qo‘ng‘iroq hisoblanadi», — deb yozdi Poroshenko.
Sobiq prezident Kiyev Putin va Tramp uchrashuvi haqida ogohlantirilmaganidan qay tarzda xabardor ekanligiga aniqlik kiritmagan.
AQSh va Rossiya prezidentlari 28 iyun kuni Osakadagi G20 sammitida uchrashishdi. Uchrashuv 1 soatu 20 daqiqa davom etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar