
Dubay amiri, BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid Ol Maktum Yevropaga qochib ketgan rafiqasi – malika Haya bint al-Husayn ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berganini Kun.uz ma’lum qildi.
Ushbu ish bo‘yicha oliy suddagi jarayon 30 va 31 iyulga belgilangan.
ABC telekanalining ma’lum qilishicha, 30 iyulda amir va malikaning ikki farzandiga vasiylik qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq malika farzandlari bilan Germaniyaga 40 mln dollarga yaqin pul bilan qochib ketgani ma’lum qilingandi.
Haya bint al-Husayn Iordaniyaning marhum qiroli Husayn bin Talolning qizi va amaldagi qirol Abdulloh II’ning singlisi hisoblanadi. Malika Oksford universiteti kollejida oliy ta’lim olgan, ot sporti bilan shug‘ullanadi. 2000 yilda Sidneydagi yozgi Olimpiadada Iordaniya terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar