22:06 / 05.07.2019
2 474

Kambojada "boylar uchun" xususiy turma qurilmoqda

Kambojada "boylar uchun" xususiy turma qurilmoqda
Kamboja poytaxtida Prey Sar qamoqxonasining yuqori darajadagi qulayliklarga ega “tijorat” kameralariga ega bo‘lgan maxsus qanoti qurilishi yakuniga yetmoqda, deb xabar berdi Phnom Penh Post gazetasiga tayanib Kun.uz nashri.

Qamoqxonaning yangi qanotini xususiy kompaniya qurmoqda. Kompaniya 45 yil davomida ushbu bo‘limning operatori sifatida faoliyat ko‘rsatadi, so‘ngra yangi qanot davlat ixtiyoriga o‘tadi.

Qamoqxonaning yangi qanotidagi kameralar boshqa qamoqxonalardagi kameralarga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Kameralar to‘rt toifaga bo‘lingan: ular bir, ikki, uch yoki to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Bu kameralardagi joylar qamoq muddati davomida yetarlicha pul to‘lay oladigan mahbuslarga mo‘ljallangan.

Qamoqxonaning “tijorat” qanotini qurish qarori mablag‘i yetarli bo‘lgan mahbuslarning qulay sharoitlarda jazo o‘tashlari va davlatga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida 2016 yilda qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kambojada "boylar uchun" xususiy turma qurilmoqda