Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tansoqchilari Bosniya va Gersegovinadagi Sarayevo aeroportida chegara politsiyasi xodimlari bilan mushtlashib ketdi.
Klix portalining xabar berishicha, Erdo‘g‘an tansoqchilari o‘zini nomaqbul tutgan va nazoratdan o‘tishdan bosh tortgan.
Ta’kidlanishicha, tansoqchilar va chegarachilar o‘rtasida boshlangan dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan. Erdo‘g‘an tansoqchilari samolyotdan qurol olib, ularni kamarlariga taqib olishgan, biroq trapda Erdo‘g‘an paydo bo‘lishi bilan mojaro tugagan.
Portalning ta’kidlashicha, Erdo‘g‘anning Sarayevoga avvalgi tashriflari vaqtida ham Turkiya prezidenti tansoqchilari o‘zlarini qo‘pol tutishgan va aynan shu bosniyalik chegarachilarning keskin munosabatiga sabab bo‘lgan.
Erdo‘g‘an Sarayevogo Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari hamkorligi jarayoni sammitida ishtirok etish uchun keldi.
2017 yil may oyida Erdo‘g‘anning AQShga safari vaqtida Vashingtonda uning tashrifiga qarshi namoyish o‘tgan. Turkiya yetakchisi tansoqchilari namoyishchilarni tarqatishga urinishi vaqtida ikki tomon o‘rtasida janjal chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi