20:20 / 17.07.2019
3 337

Braziliyada qalbaki Ferrari ishlab chiqariluvchi fabrika aniqlandi

Braziliyada qalbaki Ferrari ishlab chiqariluvchi fabrika aniqlandi
Braziliyaning Itajai shahrida qalbaki Ferrari va Lamborghini avtomobillarini ishlab chiqaruvchi fabrika aniqlandi. Tintuv vaqtida politsiya u yerda 8 ta tayyor avtomobilni topgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Avtomobildan tashqari butlovchi qismlar aniqlangan. Qalbaki sportkarlar butun mamlakat bo‘ylab originali narxining 8 foizidan sotilgan.

Avtomobil ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtirilgan. Korxona egasi bo‘lgan ota va o‘g‘il hech qayerga ketmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan. Fabrika politsiya tomonidan yopib qo‘yilgan.

Barcha avtomobillar musodara qilingan. Ularning narxi 180 ming dollardan boshlangan.
Ta’kidlanishicha, “uddaburon” ota-o‘g‘ilga katta jarima solinishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada qalbaki Ferrari ishlab chiqariluvchi fabrika aniqlandi