
Qirg‘iziston Rossiya bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Cho‘lpon-Otada Qirg‘iziston-Rossiya yoshlar yetakchilari forumi ishtirokchilari bilan uchrashuvda.
"Bizni Rossiya bilan tarixiy do‘stlik, ittifoqchilik va o‘zaro hurmatga asoslangan ishonchli munosabatlar bog‘lab turadi. Men ko‘p bor ta’kidlaganman, yana bir bor aytaman, Rossiya bizning yaqin, ishonchli ittifoqchimiz va strategik hamkorimiz. Biz Rossiya bilan birgalikda oldinga harakat qilish, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni maqsad qilganmiz", - dedi Jeenbekov.
Jeenbekov shu yilning martida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka tashrifi davomida hamkorlikning ko‘plab masalalari muhokama qilinganini aytdi.
Ikki davlat yoshlar yetakchilarining forumi 25 iyulda boshlandi va 30 iyulgacha davom etadi.
Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing