Muxolifatchi va Aleksey Navalniy hibsxonadan 64-kasalxonaga olib ketildi. Unga «o‘tkir allergik reaksiya» tashxisi qo‘yilgan, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Kira Yarmish Twitter sahifasida.
Uning yozishicha, Navalniyga tez yordamni hibsxona xodimlari chaqirgan. Hozirda unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Yarmishning qo‘shimcha qilishicha, muxolifatchining yuzi shishib, terisi qizarib ketgan, allergiya sababi aniqlanmagan.
24 iyulda Aleksey Navalniy kelishilmagan ommaviy tadbirda ishtirok etishga chaqirishda aybdor deb topilib, unga 30 kunlik hibsga olinish ko‘rinishida ma’muriy jazo tayinlangandi.
Navalniy Rossiya ma’muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning “Yig‘ilish, namoyish, miting, yurish yoki piket qilishni tashkillashtirishning belgilangan tartib-qoidalarini takroran buzish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Bayonnomaga ko‘ra, muxolifatchi 20 iyuldagi ruxsat berilmagan mitingda fuqarolarni 27 iyulda Moskva shahri dumasiga saylovlarga mustaqil nomzodlarning qo‘yilishi uchun o‘tkaziladigan aksiyada ishtirok etishga chorlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi