May oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon so‘roqqa tutib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan Dushanbe bojxona xizmati birinchi terminalining sobiq rahbari Shahboz Rajabzodaga nisbatan hech kim jinoiy ish qo‘zg‘atmagan.
“Shahboz Rajabzoda ustidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi”, - deya iqtibos keltiradi Sputnik Tojikikiston mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Culaymon Sultonzoda so‘zlaridan.
Eslatib o‘tamiz, bahor oyida Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda Rajabzodani so‘roq qilib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan edi.
Uning gunohi boshidagi sochidan ham ko‘pligini aytib, ishdan bo‘shash haqida ariza yozishini buyurgan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari uning hali yosh ekanini hisobga olgani, aks holda kamida 15 yilga qamalishi mumkinligi qayd etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi