Facebook kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridan ortida Saudiya Arabistoni va BAA turgan 476 ta akkauntni o‘chirib tashladi.
“Biz Facebook’dan BAA va Misrdan taralgan hamda Yaqin Sharq, Shimoliy va Sharqiy Afrikaning bir qator davlatlari, jumladan, Liviya, Sudan, Komor orollari, Qatar, Turkiya, Suriya, Livan, Iordaniya va Marokkashga qarshi qaratilgan shubhali harakatlarga jalb qilingan 259 ta akkauntni, 102 sahifani, 5 guruhni hamda Instagram’dan 17 ta akkauntni o‘chirib tashladik”, deyilgan habarda.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, bloklangan akkauntlar egalari uydirma nomlar ostida Qatar va Turkiyaning terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga aloqadorligi, Eronning Yamandagi harakatlari, Liviyadagi ixtilof va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi muvaffaqiyatlari haqidagi materiallarni joylashtirgan va tarqatgan. Bu foydalanuvchilar ushbu materiallarni BAA manfaati yo‘lida ilgari surishga uringan.
Shu bilan birga, kompaniya ma’muriyati Facebook’dan Saudiya Arabistonidan taralgan shubhali harakatlarga aloqador 217 ta akkaunt, 144 sahifa, 5 guruh va Instagram’dan 31 akkauntni o‘chirib tashlagan. Bu akkauntlar egalari OAV bo‘linmalari ko‘rinishi ostida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhmmmad bin Salmon, uning “Nuqtai nazar-2030” dasturi va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining yutuqlari haqida maqtovli axborot tarqatgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi