14:43 / 09.08.2019
3 757

Dmitriy Medvedev kutilganidan bir kun avval Qirgʻizistonga bordi

Dmitriy Medvedev kutilganidan bir kun avval Qirgʻizistonga bordi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyatida joylashgan Cholpon-Ata kurortiga bordi. Ertaga u yerda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladi. Avvalroq Medvedevning tashrifi 9-avgustga moʻljallangani aytilgandi. Ammo Rossiya hukumat rahbari kutilganidan bir kun oldin Qirgʻizistonga bordi.

Ertaga boshlanadigan kengash yigʻilishida Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari ham qatnashadilar. Medvedev Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan ham uchrashadi. Uchrashuv vaqtida tomonlar Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qoʻlga olinishi haqida gaplashishlari aniq emas.

Oldinroq Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishi oʻtkazilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgan va bu Atamboyevning qoʻlga olinishi bilan bogʻliqligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dmitriy Medvedev kutilganidan bir kun avval Qirgʻizistonga bordi