Foto: «Interfaks»
17 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulda nishonlanayotgan nikoh to‘ylarining birida xudkush-terrorchi portlovchi moslamani ishga tushirib yuborgan edi. Terakt oqibatida 63 kishi halok bo‘lgan va 150 dan ortiq odam jarohat olgan, deb xabar beradi Daryo nashri.
Mazkur terakt bo‘yicha mas’uliyatni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Moskva Kobulda sodir bo‘lgan teraktni qoralaydi va Afg‘oniston hukumatini mamlakat hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rishga chaqiradi.
Shuningdek, vazirlikning ta’kidlashicha, Kobuldagi terakt afg‘on xalqida uzoq davom etgan urushlardan so‘ng, tinchlik o‘rnatilishiga umid uchqunlari paydo bo‘lgan bir vaqtda, shuningdek, Afg‘oniston mustaqilligining 100 yilligi arafasida amalga oshirilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi