date
views 4 942

Eron sudi 11 yoshli qizaloq va katta yoshli erkak o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi (video)

Eron sudi 11 yoshli qizaloq va katta yoshli erkak o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi (video)
Eronning Kohgiluya va Boyir-Ahmad viloyati sudi ijtimoiy tarmoqlarda to‘y videosi tarqalgan katta yoshli erkak va yosh qizcha o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Rokna nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning ota-onasi sudga chaqirilgan. Ular tomonidan taqdim etilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga ko‘ra, qizning yoshi o‘n birda, kuyovniki esa 22 da. Oilaning so‘zlariga qaraganda, yangi kelin-kuyov bir-biri bilan tanishib olishi uchun vaqt berilishi, ular darhol er-xotin sifatida birgalikda yashashi kerak bo‘lmagan.

Sudya qizning yoshi sabab kelishuvni nomaqbul deb topdi va nikohni bekor qildi. Qizning ota-onasi yana ikki yil, farzandi 13 yoshga to‘lishini kutadigan bo‘ldi. Shundan keyingina juftlik sudning ruxsati bilan oila qurishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron sudi 11 yoshli qizaloq va katta yoshli erkak o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi (video)