Kelinlik libosida qamoqxonaga borgan ayolning nikohi nega qoldirildi?

1 daqiqa o'qish289
Kelinlik libosida qamoqxonaga borgan ayolning nikohi nega qoldirildi?

Qirg‘izistonda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. Unda 28 yoshli ayol kelinlik libosida Cho‘y viloyatining Moldavanovka qishlog‘ida joylashgan 27-sonli koloniyaga kelgani aks etgan. Mazkur koloniya rasman Qirg‘iziston Jazoni ijro etish davlat xizmati tasarrufidagi muassasa sifatida qayd etilgan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayol shu muassasada jazo o‘tayotgan sevgilisi bilan nikohdan o‘tish uchun kelgan. Juftlik avval birga yashagani va farzandi borligi ham aytilmoqda. Nikoh marosimini to‘g‘ridan to‘g‘ri koloniya hududida o‘tkazish rejalashtirilgan, biroq FHDYO xodimlari belgilangan vaqtda yetib kelmagani sababli marosim amalga oshmagan.

Qizig‘i, Qirg‘iziston qonunchiligi mahbus bilan nikohni penitensiar muassasaning o‘zida rasmiylashtirish imkonini beradi. Bunda nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muassasa rahbari bilan kelishilgan holda belgilangan joyda amalga oshiriladi.

Video ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar ayolning qarori va sevgan insonni qo‘llab-quvvatlashini jasorat sifatida baholagan. Boshqalar esa bunday qarorga tanqidiy munosabat bildirib, uni noto‘g‘ri tanlov deb hisoblagan.

Siz bu vaziyatga qanday qaraysiz? Ayolning qarori — muhabbat va sadoqat namunasimi yoki noto‘g‘ri tanlovmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?