3 141
Emomali Rahmon sifatsiz qurilgan uylar uchun qudasining kompaniyasini keskin tanqid qildi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 11 sentyabr, chorshanba kuni Ko‘lob shahriga safarida Tojikiston aloqa xizmati rahbari va o‘zining qudasi bo‘lgan Beg Sabur kompaniyasini tanqid qildi. Bu haqda Fergana News xabar berdi.
Tashrif davomida prezident 16 ta ob’ektni ochgan va qurilish ishlari sifatsizligidan norozi bo‘lgan. U, ayniqsa rasman Beg Saburning o‘g‘liga tegishli bo‘lgan «Komil—2010» kompaniyasi tomonidan qurilgan 13 qavatli uyni keskin tanqid qilgan.
Foto: «Axbor»
«Bu yerda nima qurdinglar? Nimaga qurilish sifatiga hech qanday ahamiyat bermayapsiz? Axir birinchi yomg‘ir yoki shamol bo‘lishi bilan bino buzilishi mumkin!» — degan prezident.
Foto: «Axbor»
Xabarda aytilishicha, Tojikiston aloqa xizmati rahbarining oilaviy kompaniyasi tomonidan qurilgan uy hech qanday talablarga javob bermaydi. Prezident kelishiga bino devorlari suvalmasdan, g‘isht ustidan shoshilinch bo‘yalgan. Ayrim joylarda esa devorlar opalubkaning ustidan bo‘yab yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi