3 520
“Allohga shukr, biz yetib keldik”: BAAlik birinchi fazogir orbitadan yurtdoshlariga salom yo‘lladi
Foto: NASA
BAAlik birinchi fazogir Hazza al-Mansuriy “Soyuz MS-15” kemasining Xalqaro koinot stansiyasiga tutashganidan keyin yurtdoshlariga salom yo‘lladi.
Kema XKSga tutashgandan keyin ekipaj lyukni ochib, stansiyaga o‘tgan. Oleg Skripochka, Jessika Meir va al-Mansuriyni stansiyada 6 fazogir – Aleksey Ovchinin, Aleksandr Skvorsov, Kristina Kuk, Nik Xeyg, Endryu Morgan va Luka Parmitano kutib olgan.
#فيديو | لحظات تاريخية لدخول #هزاع_المنصوري #أول_رائد_فضاء_إماراتي إلى محطة الفضاء الدولية #طموح_زايد #وام pic.twitter.com/Uzo8LK2gkW
— وكالة أنباء الإمارات (@wamnews) September 25, 2019
Al-Mansuriy Dubaydagi koinot markazidagi parvozni boshqarish xonasi bilan aloqaga chiqib, “Allohga shukr, biz yetib keldik”, degan.
“Hammasi yaxshi ketmoqda, mening BAA aholisiga salomim”, deb qo‘shimcha qilgan fazogir.
Al-Mansuriy, shuningdek, parvoz vaqtida “Yerdagi ajoyib quyosh botishlar va tong otishlar manzaralarini” ko‘rganini aytgan.
“Men ko‘rganlarimni siz bilan bo‘lishishni istardim”, deb qo‘shimcha qilgan BAAlik fazogir.
Al-Mansuriy birinchi arab va BAAlik fazogir bo‘ldi. U Yerga 8 kundan keyin, 3 oktyabrda qaytadi.
Shuningdek, BAAning fazoga jo‘natiladigan ikkinchi fazogiri nomi ma’lum bo‘ldi. Bu inson muhandis Sulton an-Niyoziy bo‘ladi. Bu haqda jurnalistlarga BAA koinot agentligi direktorlar kengashi raisi ma’lum qildi. An-Niyoziy al-Mansuriyning dublyori hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi