Foto: Zarnews
Turk deputati Shirin Unalning uyida o‘z joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning dugonasi Laylo Niyozova Turkiyaning «Jumhuriyat» gazetasiga telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini so‘zlab berdi.
«22 sentyabrdan 23 sentyabrga o‘tar kechasi dugonam Nodira menga qo‘ng‘iroq qildi. Biz ikki soat davomida gaplashdik. U tinmay yig‘lab, hamma narsadan charchaganini, to‘yib ketganini bot-bot takrorladi. Hatto o‘z joniga qasd qilishini ham aytib o‘tdi.
Shunda men qo‘ymay sababini so‘raganimda, ikki hafta oldin yotgan xonasiga xo‘jayini kirib, eshikni ichkaridan qulflab unga yopishganini va xo‘jayinning to‘pponchasini o‘qi bilan topib olganini aytdi.
Dugonamning bu gaplarini hazilga yo‘ydim. Bunaqa bo‘lishi umuman xayolimga ham kelmagandi», — dedi Laylo Niyozova.
Xabarda aytilishicha, qizning o‘lganiga ikki kun bo‘lishiga qaramay, politsiya hamon Laylo Niyozovadan ko‘rsatma olmagan. Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi ham bir kunda tamomlangan.
Nodira Qodirova kecha, 26 sentyabr kuni O‘zbekistonda dafn qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi