Foto: «Penzavzglyad.ru»
O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotlarga ko‘ra, 27 sentyabr kuni M5-Ural avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar turli xil jarohatlar bilan Nijniy Lomov tumanlararo kasalxonasiga yotqizilgan. Kasalxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin ularning ahvoli barqarorlashgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijniy novgorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-967-772-66-00.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi