18:30 / 30.09.2019
2 662

AQSh Kongressi Trampning Putin bilan suhbati mazmunini aniqlashga qaror qildi

AQSh Kongressi Trampning Putin bilan suhbati mazmunini aniqlashga qaror qildi
Foto: Reuters
AQSh Kongressi Razvedka qo‘mitasi raisi Adam Shiffning ma’lum qilishicha, Kongress Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlarning yetakchilari bilan telefon suhbatini qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib, Daryo xabar berdi.

Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp suhbatlar chog‘ida AQSh milliy xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bu turdagi shubha Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati stenogrammasi e’lon qilingach, yuzaga keldi.

«O‘ylashimcha, birinchi o‘rinda Qo‘shma Shtatlar xavfsizligi turadi va prezident o‘z kampaniyasining foydasi uchun boshqa mamlakatlar yetakchilari, xususan, Putin bilan suhbat davomida xavfsizligimizga putur yetkazgan yoki yetkazmaganini aniqlash lozim», — deydi Shiff.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Vakillar palatasining prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash qarorini amerikaliklarning 47 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

28 sentyabr kuni The New York Times gazetasi Oq uy Trampning boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan suhbati protokolining e’lon qilinishini qat’iy cheklagani haqida xabar bergan edi. Endilikda Trampning suhbatlari maxfiy kompyuter tizimida saqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Kongressi Trampning Putin bilan suhbati mazmunini aniqlashga qaror qildi