2 811
Turkmaniston poytaxtida uyini sotmoqchi bo‘lganlar amaldorlarga pora berishga majbur bo‘lmoqda
Foto: «Xronika Turkmenistana»
Ashxobod amaldorlari xususiy uy oldi-sotdi jarayonini ham murakkablashtirdi. Oxirgi oylarda notarial idoralarda oldi-sotdi vaqtida xususiy uy egasidan hokimlik ruxsatnomasini so‘rash boshlandi.
O‘z uylarini sotishni istaganlarning so‘zlariga ko‘ra, hokimlikdan bunday ruxsatnomani olish 20 ming manatga tushadi. Pullar qonuniy yo‘l bilan talab qilinmaydi, sababi hech bir amaldor ushbu ruxsatnoma talab qilinishi yuzasidan rasmiy hujjatga ega emas. Biroq amalda ushbu qog‘ozsiz uy oldi-sotdisini rasmiylashtirish imkonsiz.
So‘ralgan mablag‘ anchayin katta va har qanday odam ham bunday xarajatga rozilik beravermaydi. Uy sotayotganlarning aksariyati xaridordan ushbu mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishini so‘rab, uy narxini ruxsatnoma uchun kerak bo‘ladigan pul hajmida arzonlashtirmoqda. Xaridorlar orasida ham kelishuv uchun 20 ming manat to‘lashga rozi bo‘lmaydiganlari uchrab turibdi.
Uyini sotishga urinayotgan fuqarolardan birining so‘zlariga ko‘ra, bu sxema amaldorlar pul ishlashi uchun o‘ylab topilgan. Ko‘pchilik shahardan ko‘chib ketmoqda va shu sababli pullar hujjat rasmiylashtiradigan ushbu odamlar cho‘ntagiga tushishi kerak, deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin